Navoiyda 65 ta oilaga uy-joy olish uchun subsidiya berildi

    Ijtimoiy hayot 24 Sentabr 2020 1893

    Navoiy viloyatida joriy yilning 22-sentabr holatiga ko'ra, fuqarolardan uy-joy olish uchun subsidiya ajratishni so'rab Davlat xizmatlari markazlari orqali 681 ta,  my.gov.uz portali orqali 198 ariza kelib tushgan.

    Komissiya xulosasiga koʻra, 65 ta oila subsidiya olish imkoniyatiga ega boʻlgan, 529 ta murojaatga rad javobi berilgan, 161 tasi esa koʻrib chiqish jarayonida.

    Murojaatlarning eng koʻpi Uchquduq tumanidan boʻlib, 332 ta oila ariza bergan. Shuningdek, Zarafshondan 310 nafar, Navoiy shahridan esa 153 nafar fuqaro mazkur masalada murojaat qilgan. Subsidiya olish imkoniyatini qoʻlga kiritgan oilalarning 51 tasi Zarafshon shahridan, 13 tasi Uchquduq tumanidan.