Navoiyda 8 sinf oʻquvchisi farzadli boʻldi

    Ijtimoiy hayot 4 Mart 2025 1795

    Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida 8 sinf oʻquvchisi farzandli boʻlgani haqida xabarlar tarqalib, jamoatchilikning muhokamalariga sabab boʻldi.

    Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining maʼlum qilishicha, ushbu holat Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi 15-umumtaʼlim maktabida kuzatilgan.

    Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻrganish oʻtkazilmoqda.

    Maʼlumotlarga koʻra, ayrim fanlardan oʻqituvchilarning darsga ishtirok etmagan oʻquvchiga baho qoʻyib borganligi haqidagi vajlar ayni vaqtda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼullari tomonidan oʻrganilmoqda.