Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda “E.C.” MCHJ rahbari A.Q. fuqaro Z.F.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida pishiriqlar pishirish yoʻnalishida oʻqiganligi haqida soxta diplom tayyorlab berib, Litva davlatiga ishga yuborishi evaziga 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.