Navoiyda Cobalt gaz balloni portlashi oqibatida 3 yoshli bola vafot etdi

    Tashvishli xabar 25 Dekabr 2023 762

    Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida Cobalt gaz balloni portlashi oqibatida bir kishi jarohatlandi, 3 yoshli bola vafot etdi.

    Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

    24-dekabr soat 09:50 atrofida fuqaro F.D. Cobalt avtomashinasida tumandagi kafelardan birining avtoturargohda boʻlgan. Shu paytda mashinaga oʻrnatilgan metan gaz balloni portlab ketishi oqibatida haydovchi va uning 3 yoshli voyaga yetmagan farzandi R.Sh. turli darajadagi tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

    Haydovchining farzandi koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonaning jonlantirish boʻlimida vafot etgan.

    Hozirda holat yuzasidan Qiziltepa tumani IIB tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.