баннер
21 Mar 2025
06:04

    Navoiyda “Damas“ haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib “Cobalt” bilan toʻqnashdi

    Yoʻl transport hodisasi oqibatida “Damas“ rusumli avtotransport vositasining bir nafar yoʻlovchisi turli darajada tan-jarohati olib Konimex tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

    Viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, holat shu yilning 7-mart kuni soat 09:40larda Konimex tumani “Sarjal“ MFY hududidan oʻtuvchi A-379 “Navoiy-Uchquduq“ xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlining 86-87 kilometrlari oraligʻida sodir boʻlgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, “Damas“ rusumli avtotransport vositasi haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib qarama-qarshi yoʻnalishga chiqib ketishi oqibatida oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Cobalt” rusumli avtotransport vositasi bilan toʻqnashgan.

    Hozirda holat yuzasidan Konimex tuman IIB Tergov boʻlimi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech