Navoiyda jinoiy guruh 200 ming soʻmlik kupyuradagi 400 mln soʻm pullarni 160 mln soʻmga almashtirmoqchi boʻldi

    Xavfsizlik 10 Avgust 2023 1453

    Qiziltepa tumanida istiqomat qilayotgan asli buxorolik 30 yoshli A. AyTi sohasida toʻplagan bilim va tajribasini soxta pul ishlab chiqarishga yoʻnaltirdi.

    Buning uchu u jinoiy toʻda tuzdi. Ulardan biri pullarni ishlab chiqarish, biri muomalaga kiritish yana biri yordamchi va haydovchilik qilishni kelishib olishdi.

    Jinoiy guruh 200 ming soʻmlik kupyurada jami 400 mln soʻm pullarni ishlab chiqarib uni haqiqiy pullarga almashtirib olishga urinadi.

    Navoiy viloyati IIB va Departament xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, ular 400 mln soʻm soxta pullarni 160 mln soʻm haqiqiy pullarga almashtirilayotgan paytida qoʻlga olingan.

    Hozirda ularga nisbatan JKning 176-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.