Gʻoliblar orasida Navoiy viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan nodavlat tashkilotlari ham bor.

Masalan, “Jamiyat va oilada sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy va tibbiy muhitni taʼminlashda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish” mavzusidagi Davlat grantlari ajratish uchun 1-tanlovda “Ekosan” ekologiya va salomatlik xalqaro xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat hududiy tashkiloti, Navoiy viloyati “Mehribon qoʻllar – Navoiy” uyushmasi, “Oyama Kiokushinkay-kan karate” maktabi, “Ekoturizm va ekohuquq” bioekologik markazi jamoat birlashmasi tashkiloti, Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish Respublika markazining Navoiy viloyat hududiy boʻlinmasi, Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati Navoiy viloyat tashkiloti gʻolib deb topildi.

“Harakatlar strategiyasi, “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi ijrosida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirokini taʼminlash” mavzusidagi Davlat grantlari ajratish uchun 2-tanlovda Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati Konimex tuman hududiy boʻlinmasi, “NTV” telekanali va “Soʻgʻdiyona” ayollar markazi loyihalari gʻoliblikka munosib deb topilgan.

Viloyat hokimligida ushbu tanlovning navoiylik gʻoliblariga davlat granti sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.