Joriy yilning 26-noyabr kuni “NKMK” AJ Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli “Sharqiy” konida portlatish ishlari olib borilgan hududda ruda toshlarni olish ishlari bilan shugʻullanayotgan EKG-40 rusumli ekskavator kabinasiga togʻ jinslari koʻchmasi sachrab tushgan.
Oqibatda kabinada boʻlgan mashinist Sh.Sh tan-jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Bundan tashqari, EKG-40 rusumli ekskavator kabinasida boʻlgan, mashinist yordamchisi T.M “boʻyin va oʻng qoʻl kaft soxasi 1 va 2-darajali kuyishi tan-jarohati olgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan IIV huzuridagi 2-son IIB tergov boʻlinmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan boʻlib, sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Tergovga qadar tekshirish harakatlari Zarafshon ixtisoslashtirilgan prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.