Qayd etilishicha, ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan oʻrganilayotgan boʻlib, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning 25-fevral kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi maktab direktori Q.J (1988 — yilda tugʻilgan erkak) 10-sinf oʻquvchilari N.T, A.A (2008-yilda tugʻilgan, oʻgʻil bolalar)larni goʻyoki tartibga chaqirish vaji bilan kaltaklab, oʻquvchilar tanasining turli qismlarini mushtlab, oyoqlari bilan tepib doʻpposlagan.
Oʻquvchilarga yetkazilgan tan jarohati boʻyicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.
Bu borada qoʻshimcha tarzda axborot beriladi.