Navoiyda maktab direktoriga “Prezident sovgʻasi” — “Spark” avtomobili topshirildi

    Raqamlashtirish 8 Aprel 2021 1301

    Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati maʼlum qilishicha, Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 2-son umumtaʼlim maktabiga rahbarlik qilayotgan Tursunoy Xalilova “Bir million dasturchi” loyihasida maktab oʻquvchilari qayd etgan yuqori natijalari uchun “Prezident sovgʻasi” — “Spark” avtomobili bilan taqdirlandi.

    Hozirda Navoiyda 35 mingdan ortiq oʻquvchi zamonaviy dasturlashni oʻrganmoqda, 18 567 nafari “Bir million dasturchi” loyiha doirasida sertifikatlarini qoʻlga kiritgan.

    Maktabning bir qator informatika fani oʻqituvchilariga “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni, noutbuk hamda faxriy yorliqlar topshirildi.

    Taʼkidlash joizki, 2020-yil yakunlari boʻyicha “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida eng faol informatika oʻqituvchilari Navoiy hissasiga toʻgʻri kelgan.