Navoiyda noqonuniy baliq ovlaganlar ushlandi

    Yashil sayyora 13 May 2025 725

    Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasining tezkor nazorat guruhi hamda Qiziltepa tumani Ekologiya boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan Toʻdakoʻl suv havzasida nazorat reyd tadbirlari oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan nazorat reyd tadbirlarida, Qiziltepa tumanidagi “Iftixor“ mahallasida yashovchi huquqbuzarlar A.t va U.Gʻlar tomonidan Toʻdakoʻl tabiiy suv havzasidan sintetik toʻr yordamida 9 dona oqsila 2 dona karas va bir dona ilonbosh baliqlarini ovlash taqiqlangan davrda ovlanganligi aniqlandi.

    Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 93 mln 750 ming soʻm tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi va tegishli tartibda koʻrib chiqish maqsadida hujjatlar tumani jinoyat ishlari sudiga yuborildi.