Navoiyda noqonuniy yer maydonini sotmoqchi boʻlgan MCHJ rahbari ushlandi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

    Navoiy viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida noqonuniy yer oldi-sotdisining oldini olishga qaratilgan tezkor tadbirlari oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda “A.N.“ MCHJ rahbari J.A. korxonaga Nurota tumani hududidan ijara shartnomasi asosida ajratilgan 30 gektar yer maydonini fuqaro K.X.ga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 350 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.