1. Zarafshon shahar 14 kichik tumanida “Sifat Qurilish Zarafshon” MCHJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018-yildagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari yaʼni shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmagan hamda qarorning 5-ilovasiga asosan hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan koʻp qavatli turar joy obyektida noqonuniy ravishda kurilish-montaj ishlari boshlangan.

Ushbu holat yuzasidan Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya kilish boʻyicha vakilni xabardor etgan holda qiska muddatli inspektorlik tekshiruvi oʻtkazilgan.

Tekshiruv natijasiga koʻra qurilish obyekti vaqtinchalik yopiq toʻsiq bilan oʻralmaganligi, SHNQ 3.01.01-03 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” qoidasining 1.13-bandi talabiga zid ravishda obyektda majburiy yuritilishi lozim boʻlgan texnik ijro hujjatlaridan umumiy jurnal, materiallarning kirim nazorati, maxsus ishlar, beton, payvand, texnika xavfsizligi jurnallari yuritilmaganligi aniqlandi.

Qisqa muddatli tekshiruv natijasiga koʻra jamiyat mansabdoriga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 99-moddasi 7 qismi bilan oʻrnatilgan tartibda hujjatlar toʻplami rasmiylashtirilib, Zarafshon shahar Jinoyat ishlari boʻyicha sudiga yuborilgan.

2. Zarafshon shahar 14 kichik tumanidagi “ZARAFSHON BINOINSHOOT QURILISH” MCHJ tomonidan shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmaganligi hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan koʻp qavatli turar joy obyektida qurilish-montaj ishlari boshlanganlik holati aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan qiska muddatli inspektorlik tekshiruvi oʻtkazildi. Tekshiruv natijasiga koʻra mansabdor shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 99-moddasi 7 qismi bilan oʻrnatilgan tartibda hujjatlar toʻplami rasmiylashtirilib, Zarafshon shahar Jinoyat ishlari boʻyicha sudiga taqdim etilgan.

3. Zarafshon shahar 13 kichik tumanidagi “ZARAFSHON GOLDEN GROUP” MCHJ tomonidan ham shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmagan hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan koʻp qavatli turar joy obyektida qurilish-montaj ishlarini boshlashgan.

Ushbu holat yuzasidan hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentni huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya kilish boʻyicha vakilni xabardor etgan holda qiska muddatli inspektorlik tekshiruvi oʻtkazilgan.

Tekshiruv natijasiga koʻra masʼul fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 99-moddasi 7 qismi bilan oʻrnatilgan tartibda hujjatlar yigʻilib, Zarafshon shahar Jinoyat ishlari boʻyicha sudiga yuborilgan.

4. Zarafshon shahar 19 kichik tumani "Hakimzoda" MCHJ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2018-yildagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari yaʼni shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmaganligi hamda uning 5-ilovasiga asosan hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan qurilish-montaj ishlari boshlanganlik holati aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan oʻtkazilgan tekshiruv natijasiga koʻra obyekt SHNK 3.01.01-03 talablari asosida toʻldirilayotgan jurnallar formasi talablariga javob bermaydi va toʻliq rasmiylashtirilmagan, poydevor, zamin, tuproq ishlari boʻyicha geologik xulosalari yoʻq, QTEL va IICHL (POS va PPR) tashkil etilmagan hamda qurilish obyekti vaqtinchalik yopiq toʻsiq bilan toʻliq oʻralmagan.

Shu bois Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksning 99-moddasi 7 qismi bilan oʻrnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Zarafshon shahar Jinoyat ishlari boʻyicha sudiga taqdim etilgan.

5. Xuddi shunday “Mirsaid Bahrom” MFY hududida ham “Osyo Yugra" xususiy korxonasi tomonidan shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmagan hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan koʻp qavatli turar joy obyektida noqonuniy ravishda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan.

Mazkur holat boʻyicha viloyat prokuraturasi, Karmana tumani hokimligi, tuman IIB, tuman prokuraturasi hamda “Osyo Yugra” xususiy korxona rahbari nomiga oʻrnatilgan tartibda qurilish obyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xatlar yuborilgan.

Natijada buyurtmachi tomonidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi xabarnoma inspeksiyaga kelgan. Jumladan, roʻyxatdan oʻtgan qurilish obyektida inspeksiya tomonidan nazorat ishlari olib borilib, qurilgan qismi uchun instrumental texnik xulosa olish toʻgʻrisida 4771 sonli bajarilishi majburiy boʻlgan elektron yozma koʻrsatma berilgan.

Tekshiruv natijasiga koʻra SHNQ 3.01.01-03 “Qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish” qoidasining 1.13-bandi talabiga zid ravishda obyektda majburiy yuritilishi lozim boʻlgan texnik ijro hujjatlaridan umumiy jurnal, materiallarning kirim nazorati, maxsus ishlar, beton, payvand, texnika xavsizligi jurnallari yuritilmaganligi aniqlandi.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi xabarnomani yubormasdan bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun masʼul shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksining 99-moddasi 7 qismi bilan oʻrnatilgan tartibda hujjatlar toʻplami yigʻilib, Karmana tumani Jinoyat ishlari boʻyicha sudiga yuborilgan.

6. Navoiy shahar 17 kichik tumanidagi “Laylo ulgurji savdo” MCHJ tomonidan ham shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmagan hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan obyektda qurilish-montaj ishlari boshlangan. Ushbu holat yuzasidan Navoiy viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan tekshiruv oʻtkazilgan.

Tekshiruv natijasiga koʻra obyekt SHNK 3.01.01-03 talablari asosida toʻldirilayotgan jurnallar formasi talablariga javob bermasligi va toʻliq rasmiylashtirilmaganligi, poydevor zamin tuproq ishlari boʻyicha geologik xulosalar taqdim etilmaganligi, QTEL va IICHL (POS va PPR) tashkil etilmaganligi aniqlangan.

Tekshiruv natijasiga koʻra mansabdor shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksining 99-moddasi 7 qismi bilan oʻrnatilgan tartibda hujjatlar toʻplami rasmiylashtirilib, Navoiy shahar Jinoyat ishlari boʻyicha sudiga taqdim etilgan.