Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistondagi ilk safari turizm klasterida 30 ta oʻtov, 150 oʻringa ega boʻlib, olis choʻl hududida 2 gektar maydonda tashkil etilgan turizm obyektida bir vaqtning oʻzida 500 nafar sayyohga xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratildi.
Oromgohga tashrif buyuruvchilarni joylashuv jihatidan qulay hududda tashkil etilganligi, dam olish maskanining faoliyati uchun yuqori sifatli asbob-uskunalar, jihozlar keltirilib oʻrnatilganligi, bu esa, oʻz navbatida, dam oluvchilarning xavfsizligini taʼminlash va ularga qulay sharoit yaratishga qaratilganligi, zamonaviy usullarda bunyod etilganligi bilan nafaqat mahalliy balki xorijiy sayyohlarni ham jalb etmoqda.
Maʼlumot oʻrnida; Navoiy viloyatida tashkil etilgan oʻtovli oromgohlar hamda safari turizm obyektlari kattaligi ham ularning soni jihatdan Oʻzbekiston Respublikasida birinchi oʻrinda turadi. Navoiy viloyatida bugunga qadar jami 855 oʻringa ega 7 ta oʻtov lagerlar faoliyat yuritib kelmoqda.