Navoiyda “Oʻzgacha olam” rasmlar koʻrgazmasi ochildi

    Unda Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi boshligʻi Suxrob Qodirov va uyushma aʼzosi Naim Qodirov, institut rahbariyati, fakultet professor-oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

    Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali doirasida Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi, viloyat Madaniyat boshqarmasi hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida “Oʻzgacha olam” rasmlar koʻrgazmasining ochilish marosimi oʻtkazildi.

    Unda Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi boshligʻi Suxrob Qodirov va uyushma aʼzosi Naim Qodirov, institut rahbariyati, fakultet professor-oʻqituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

    Jarayonda Navoiy shahridagi “Sanʼat galereyasi” binosida Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, fakultet oʻqituvchisi Sherzod Choriyev va fakultet talabalari — Marjona Mustafoyeva, Dilnura Gʻafforova, Diyora Hikmatilloyevalar tomonidan yaratilgan sanʼat asarlari namoyish etildi. Festival doirasida liboslar koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi. Koʻrgazma 17-maygacha davom etadi.