Ijtimoiy tarmoqda “Kechki vaqtda Navoiy shahri «leon ostanovka”da daxshatli avariya boʻlgani aytilmoqda» sarlavhasi bilan tarqalgan xabar yuzasidan maʼlumot berildi.
Joriy yilning 15-yanvar kuni soat 02:00larda, Navoiy shahar “I.Karimov” koʻchasida YHT sodir boʻldi.
Taʼkidlanishicha, “Matiz” rusumli avtomashina haydovchisi A.N. svetoforning qizil chirogʻiga kelib toʻxtagan. Ayni shu vaqtda “Volkswagen” rusumli transport vositasi haydovchisi O.N avtomashinani I.Karimov koʻchasining “Makro” savdo majmuasi yoʻnalishi boʻyicha boshqarib kelib, “Matiz”ning orqa qismiga toʻqnashgan.
Hodisa oqibatida “Matiz” avtomashinasining orqa oʻrindigʻida boʻlgan yoʻlovchilar E.U hamda O.Gʻ lar olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.