Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar boʻlimi tomonidan DXXning viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.T. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro O.ning ishonchiga kirib, aslida “T.” MCHJga qarashli M.Torobi koʻchasida joylashgan 200 kv metr yer maydonini 150 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, 70 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan X.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.