Navoiy davlat universitetining mansabdor xodimi ushbu taʼlim muassasasini taʼmirlab bergan MCHJga xizmat haqi sifatida toʻlanishi lozim boʻlgan 189 million soʻm pulni korxona hisob raqamiga oʻtkazib berish evaziga tamagirlik yoʻli bilan 35 million soʻm olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Hozirda unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.








