Viloyat respublikamizning qoq markazida joylashgan, boy tabiiy resurslar, yetarli infratuzilma va inson salohiyatiga ega hudud.
Soʻnggi uch yilda navoiylik yoshlar oliygohga kirish boʻyicha 1-oʻrinni egallab kelmoqda. Bogʻcha qamrovi 85 foizga yetib, respublikada 2-oʻringa chiqdi.
Xalqimiz qazilma boyliklarining 20 foizi Navoiy zaminida. Viloyatda har yili 100 trillion soʻmdan ortiq sanoat mahsuloti yaratilmoqda.
Hozirda viloyatda 15 milliard kilovatt soat elektr energiyasi chiqarilayapti, yana 5,2 gigavattli shamol va quyosh stansiyalari ishga tushish arafasida.
Mamlakatimizning eng muhim transport arteriyalarining 16 foizi Navoiy hududidan oʻtgan. Oʻtgan hafta Qoraqalpogʻistonda 240 kilometrli “Qoʻngʻirot-Beynov” yangi yoʻli foydalanishga topshirildi. Bu ham Navoiyning logistika markazi sifatidagi ahamiyatini yanada oshiradi.