Navoiyda yangi DXA filiali ish boshladi

    Mamlakatimizda 22 Dekabr 2021 1674

    Navoiy viloyatida Davlat xizmatlari koʻrsatish agentligining oʻninchi filial ish boshladi.

    “Temirqovuq” mahallasi. Mazkur hudud Nurota zaminining togʻli olis manzillaridan biri. Nurota tumani markazidan 90 kilometr, viloyat markazidan esa 170 kilometr uzoqlikda joylashgan. Mahalla fuqarolar yigʻini binosida Davlat xizmatlari markazi filialining ochilgani aholining davlat xizmati olishi uchun tumanga borish ovoragarchiligi muammosiga chek qoʻydi.

    — Markaz xodimlari tomonidan mahallamizda tez-tez sayyor davlat xizmatlari koʻrsatiladi, — deydi togʻlik hudud aholisi. — Endi yanayam xizmatlardan foydalanishimiz osonlashdi. Shundoqqina mahalla binosiga tushamiz, xolos. Filial binosida otaxonlar bilan dildan qurilgan suhbat jarayonida tizim rahbarlari hududdagi odamlar murojaatlarini ham oʻrgandilar.

    Mazkur filial “Temirqovuq” bilan birgalikda “Sentob”, “Qizilcha”, “Kattasoy”, “Tinchlik” mahallalarida istiqomat qiluvchi 11 mingga yaqin aholiga ham xizmat koʻrsatadi.

    Davlat xizmatlari koʻrsatish agentligi

    Navoiy viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.