DXX Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar “Yoshlik” sport majmuasida tashkil etilgan musobaqalardan yoshlarni harbiy- vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining samaradorligini oshirish maqsadi koʻzda tutilgan.
Tadbirda dastlab maxsus harbiy qism xizmatchilari hamda faxriy qorovullar oʻzlarining koʻrgazmali chiqishlarini namoyish etishdi.
Shuningdek, sport musobaqasi saf tayyorgarligi koʻrigidan tantanali yurish mashqi; estafeta (yugurish, oʻq otish); velopoyga; turnikda tortinish mashqi kabi yoʻnalishlarda oʻtkazildi.
Sport musobaqasi davomida Navoiy shahridagi quyidagi umumtaʼlim maktablari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi: 1-oʻrinni — 1-umumtaʼlim maktabi;
2-oʻrinni — 11-umumtaʼlim maktabi;
3-oʻrinni — 3-umumtaʼlim maktabi jamoalari egallashdi.
Musobaqa sovrindorlarini tashkilotchilarning qimmatbaho sovgʻalari, koʻchma kubok va diplomlar bilan taqdirlandi.
Marosimida futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolar Ignatiy Nesterov va Islom Toʻxtaxoʻjayevlar qatnashganligi yoshlarga oʻzgacha koʻtarinkilik baxsh etdi, deb xabar beradi Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati.