Navoiydagi istirohat bogʻida bir guruh qizlar janjallashdi

    Voqea-hodisalar 4 Iyul 2025 755

    Holat Bolalar ombudsmani tomonidan oʻrganilmoqda.

    Bolalar ombudsmanining maʼlum qilishicha, shu yilning 30-iyun kuni fuqarolar J.X. (2004-yilda tugʻilgan qiz bola) hamda T.D (2006-yilda tugʻilgan qiz bola) Navoiy shahridagi istirohat bogʻidagi oʻzlariga notanish boʻlgan 4 nafar voyaga yetmagan qizlar (2010, 2011, 2012-yillarda tugʻilgan) bilan karuselda uchish vaqtida oʻzaro nomunosib muomala tufayli janjal yuzaga kelib, J.X. va T.D. qizlarni kaltaklagan.

    Hozirda holat yuzasidan Navoiy shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Oʻrganish natijasi yuzasidan qoʻshimcha tarzda maʼlumot beriladi.