Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, shu yilning 6-may kuni soat 05:15 da Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Argʻun“ MFY, “Argʻun shoh“ koʻchasida joylashgan savdo majmualarining birida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida “112” tizimi orqali FVBga xabar kelib tushgan.
Kelib tushgan xabarga asosan yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 05:18 da hodisa joyiga yetib borgan va yongʻin soat 05:50 da qurshab olinib soat 06:24 da batamom oʻchirilgan.
Yongʻinni bartaraf etishga 6 ta asosiy turdagi hamda 1 ta maxsus turdagi texnika jalb etilgan.
Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan.