Qayd etilishicha, mobil ilovada Hazrat Navoiyning 80 ta sara gʻazali va 20 ta goʻzal ruboiysi ham matn, ham audio shaklda oʻrin olgan. Gʻazal va ruboiylar mumtoz adabiyotimizning murakkab hisoblangan janri – aruz vaznida bitilgani inobatga olinsa, ularning audio shaklda ham joylanganli, foydalanuvchiga gʻazal va ruboiylarni toʻgʻri oʻqish koʻnikmasini oʻrganishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, ilovada qoʻshimcha ravishda gʻazallar bandlari ishtirokida interaktiv oʻyin ham berilgan. Bu foydaluvchi uchun qiziqarli boʻlish bilan birga, gʻazallarni qay darajada yodlab olganini bilib olish imkonini beradi.
Hozirgi kunda, mobil ilova tarkibiga Navoiy hayoti va ijodi bilan bogʻliq qiziqarli test boʻlimini qoʻshish ishlari yakunlangan.
Shu bilan birga, mobil ilova interaktivligini oshirish uchun Navoiyning “Lison-ut tayr” asari asosida oʻziga xos pazlli oʻyin qoʻshish ishlari olib borilmoqda.
Taʼkidlanishicha, ilova tez kunda “App Story” va “Play Market” platformalariga joylashtiriladi va barcha uchun bepul yuklab olish imkoniyati boʻladi.
Dastur mualliflarining aytishicha, “Navoiydan 100 sadaf” ilovasi yoshlarimizni Navoiy hayoti va ijodiga doir savodxonligini oshirishda innavatsion yechimlardan biri boʻlishi aniq.