“Oʻzavtotransservis” MCHJ tomonidan viloyatga olib kelingan avtobuslar endi Navoiy shahridan Respublikaning vodiy viloyatlaridan boshqa barcha hududlariga maxsus yoʻnalishlarini tashkil etadi.
Eng muhimi mazkur avtobuslardagi zamonaviylik, qulaylik hamda vaqt tejamkorligidan tashqari, yoʻl kiraning 50 foizga arzon ekanligidir.
Jumladan, salkam 120 kilometr masofadagi Navoiy – Buxoro yoʻnalishi 15 000 soʻm yoki Navoiydan 270 kilometr olisdagi Qarshi shahrigacha yoʻl haqi 30 000 ming soʻm ekanligi bugungi pandemiya sharoitda yurtdoshlarimiz uchun yaratilgan yana bir qulay sharoitdir, deb xabar beradi Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati.