Navoiylik bolajonlarga eng zoʻr bayram sovgʻasi tuxfa etildi

    1-iyun — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan navoiylik bolajonlar uchun ajoyib sovgʻa tayyorlandi.

    Navoiy viloyati qoʻgʻirchoq teatrning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari B.Ahmedov, Navoiy viloyati hokimi oʻrinbosari S.Mirzayev, shuningdek, respublikada mavjud qoʻgʻirchoq teatrlari direktorlari, keng jamoatchilik vakillari va ziyolilari ishtirok etdi.

    Tadbirda soʻz olgan B.Ahmedov yigʻilganlarni ushbu teatrning ochilishi bilan qutlab, “Navoiy viloyati madaniy hayotidagi bu voqelik muhim ahamiyatga ega. Endi navoiyliklarning oʻz qoʻgʻirchoq teatri bor. Umid qilamizki, bu dargohda yaratiladigan sanʼat asarlari kelajak avlodlarimizning maʼnaviy kamoloti uchun xizmat qiladi”, deya taʼkidladi.