Navoiylik informatiklar top-100 likda yana peshqadam

    Raqamlashtirish 7 Iyul 2021 572

    “Informatika va axborot texnologiyalari” fani boʻyicha eng yaxshi, faol 100 nafar oʻqituvchilarni saralash muvaffaqiyatli oʻtdi va natijalar aniqlandi. Top-100 talik roʻyxatida Navoiy viloyati oʻqituvchilaridan 22 nafari yuqori natijani qoʻlga kiritib, respublika miqyosida birinchilikda turibdi.

    “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida har yili uzbekcoders.uz platformasi orqali kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan davlat umumtaʼlim maktablari “Informatika va axborot texnologiyalari” fani oʻqituvchilari uchun tanlov eʼlon qilinadi.

    Top-100 talik roʻyxatiga kirgan har bir oʻqituvchiga 4 900 000 soʻm pul mukofoti beriladi.

    Anʼanaga koʻra navoiylik oʻqituvchilar bu safar ham birinchilikni qoʻlga kiritishdi.

    Roʻyxatga koʻra viloyat boʻyicha Zarafshon shahridan 7 nafar, Navoiy shahridan 6, Uchquduq tumanidan 4, Navbahor tumanidan 3, Qiziltepa va Karmana tumanlaridan 1 nafardan gʻoliblar shohsupaga koʻtarilgan, deb xabar beradi Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati.