Qayd etilishicha, federatsiya Navoiy viloyat hududiy birlashmasi tizimiga o'tgan 9 oyda fuqarolardan jami 290 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 98,5 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste'molchilar foydasiga jami 1 milliard 457 million 170 ming so'm etkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilgan.
Yana bir e'tiborli jihat shundaki, 6 holatda tuman, shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan sudlarga da'vo arizalari kitirilgan. Natijada iste'molchilarning buzilgan huquqlari sudlarda himoya qilingan, tiklangan va eng asosiysi, 188 million 492 ming so'm miqdorida iste'molchilar ko'rishi mumkin bo'lgan zararning oldi olingan.