O'rganish va surishtiruv ishlariga ko'ra, haqiqatan ham mazkur tibbiyot muassasasining reanimatsiya bo'limida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlarining bir necha nafarida koronavirus infektsiyasi bilan kasallanishning dastlabki holatlari qayd etilganligi o'z tasdig'ini topgan. Viloyat ftiziatriya va pul`monologiya markazining reanimatsiya bo'limi karantinga yopilib, huquq tartibot xodimlari tomonidan qo'riqqa olingan.
Muassasada faoliyat olib borayotgan boshqa barcha tibbiyot xodimlari, bemorlar hamda ular bilan yaqin muloqotda bo'lgan barcha fuqarolar umumiy nazoartga olinib, karantin tartiblari kuchaytirilgan.