Navoiylik talaba qiz ogʻir atletika boʻyicha jahon chempioni

    Sport 1 Iyun 2021 1091

    Joriy yil 23 — 31-may kunlari Toshkent shahrida ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon chempionati bahslari oʻtkazildi.

    Unda, Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi Kumushxon Fayzullayeva Vatanimiz sharafini himoya qilib, terma jamoa hisobiga 1ta oltin, 2ta kumush medal qoʻshib qoʻydi.

    Dast koʻtarish mashqida talabamiz 103 kilogramm toshni oʻziga boʻysundirib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

    Shuningdek, siltab koʻtarishda 122 kilogramm natija qayd etib, kumush medalga sazovor boʻldi, deb xabar beradi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati.

    Maʼlumot uchun: K.Fayzullayeva 2018-yili ogʻir atletika boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati musobaqasida Oʻzbekiston tarixida Jahon chempioni boʻlgan ilk ayol sportchidir.