20-mart kuni transchegaraviy sayohat doirasida uchinchi bor yoʻlga chiqadigan Qozogʻistonning “Jibek Joly” sayyohlik poyezdining mijozlari Qozogʻiston va Oʻzbekistonda Navruz bayramini nishonlashi mumkin.

Kazakh Tourism maʼlumotlariga koʻra, Olmaota – Turkiston – Toshkent – Samarqand yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekistonga keladigan mazkur maxsus poyezd Qozogʻistonga “Ipak yoʻli” temir yoʻl sayohati Samarqand – Taraz – Olmaota yoʻnalishi boʻyicha ortga qaytadi.

6 kun davom etadigan ushbu sayohat davomida sayohatchilar qadimiy shaharlarni tomosha qilishadi.