Navroʻz bayramida necha kun dam olamiz?

    Ijtimoiy hayot 4 Mart 2021 4553

    Joriy yilgi Navroʻz bayramida ish haftasining davomiyligidan qatʼi nazar barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi.

    Avvalo, 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramida dam olish kunlarida alohida oʻzgarish boʻlmaydi va quyidagicha tartibga solinadi:

    6-mart - shanba (faqat 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasidagilar uchun ish kuni);

    7-mart - yakshanba (barcha uchun dam olish kuni);

    8-mart - (bayram, barcha uchun dam olish kuni).

    Ish haftasining davomiyligidan qatʼi nazar Navroʻz bayramida barcha xodimlarga quyidagi sanalar dam olish kuni hisoblanadi:

    20-mart – shanba (barcha xodimlar uchun dam olish kuni);

    21-mart – yakshanba (Navroʻz bayrami);

    22-mart – dushanba (27-mart (shanba)dagi dam olish kuni koʻchirilgan - barcha xodimlar uchun dam olish kuni).

    27-mart - shanba kuni barcha xodimlar uchun, jumladan haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun ham ish kuni hisoblanadi.