Tadbir Olmaliq shahar hokimiyati, shahar Jismoniy tarbiya va sport bo‘limi, O‘zbekiston bodibilding, fitnes va mas-wrastling federatsiyasi hamda Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamkorligida o‘tkazildi.
Musobaqada Toshkent viloyatining Angren, Chirchiq, Yangiyo‘l, Oqqo‘rg‘on va mezbonlar olmaliqlik 50 dan ortiq sportchilar o‘zaro musobaqalashdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.