Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan viloyat umumtaʼlim maktablari ona tili va adabiyot oʻqituvchilari oʻrtasida “Nazm dorilfununining betakror shoiri” mavzusida oʻquv seminar tashkil etildi. Tadbirda shoir hayoti, ijodiy merosini chuqurroq oʻrganish, asarlarini oʻquvchi yoshlarga qiziqarli va tushunarli qilib yetkazib berishda ilgʻor dars uslublaridan foydalanish kerakligi taʼkidlandi.
Shuningdek, ijod maktabi oʻqituvchilari ona tili va adabiyot fanini oʻqitish jarayonida yuzaga keladigan ayrim muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi haqidagi taqdimotlarini namoyish qilishdi. Ayniqsa, oʻquvchilarning Abdulla Oripov qalamiga mansub sheʼrlari va dramatik asarlariga ishlangan sahna koʻrinishlari bilan chiqishlari seminar ishtirokchilarida iliq taassurot qoldirdi. Bunday tadbirlarni yil davomida oʻtkazishga kelishib olindi.