NBC: Tramp Zelenskiyga Putin bilan Ukraina hududlarini muhokama qilmaslikka va'da berdi

    AQSh Prezidenti Donald Tramp ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan videokonferensiya yig'ilishida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Ukraina hududlari masalasini muhokama qilmaslikka va'da berdi.

    Bu haqda NBC News manbalarga tayanib xabar berdi.

    “Tramp chorshanba kuni Yevropa yetakchilariga telefon orqali muloqot chog'ida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Alyaskada bo'lib o'tadigan uchrashuvda mumkin bo'lgan hududiy o'zgarishlarni muhokama qilish niyatida emasligini aytdi”, deyiladi nashrda.

    Nashr manbalariga ko'ra, suhbat chog'ida hozir bo'lganlarning barchasi, jumladan Tramp ham Ukraina muzokaralarda faol ishtirok etishi va qanday hududiy yon berishlarga tayyor ekanligini o'zi hal qilishi kerak degan fikrga kelishgan.

    AQSh Prezidenti va Yevropa yetakchilari bilan videokonferensiya 13-avgust kuni bo'lib o'tdi. Ma'lum qilinishicha, qo'ng'iroq “Rossiya josuslari” tomonidan telefonlar tinglashidan qo'rqib, qat'iy maxfiylikda o'tkazilgan.

    Tramp va Putin o'rtasidagi uchrashuv 15-avgust kuni Alyaskaning Ankorij shahridagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasida bo'lib o'tadi, deb xabar beradi lenta.ru.