Zilzila Kampi-Flegrey vulqon kalderasida (Flegrey dalalari) sodir bo'ldi va bu so'nggi 40 yil ichidagi eng kuchli zilziladir.

Banoli hududida yer silkinishlari vayronagarchilikka olib keldi. Vayronalar ostidan bir kishi qutqarib olindi. Ayrim aholi vakillari vayronagarchilik tufayli tashqariga deraza orqali chiqishga majbur bo'ldi.

Qayd etilishicha, Neapolning ayrim hududlari elektr energiyasiz qolgan.

Neapol Italiyaning janubida tez-tez zilzilalar yuz berishga moyil vulqon havzasi bo'lgan Flegrey dalalari hududida joylashgan, deb xabar beradi korrespondent.net.