Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2020-yil 1-maydagi yigʻilish bayoni bilan neft mahsulotlarini neft bazalaring sigʻimlarida saqlash (quyish va toʻkish hisobga olingan) boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun tariflar belgilangan va mazkur bayon bilan narxlarni toʻgʻri qoʻllanilishini nazorat qilish Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga yuklatilgan.
Nazorat vazifasini amalga oshirish maqsadida “Guliston neft bazasi” MCHJ tomonidan birja bitimlari orqali sotilgan avtomobil benzini va dizel yoqilgʻisini yuklab joʻnatishda xaridorlardan undirilgan toʻlovlar oʻrganildi.
Natijada, 2020-yil 1-maydan boshlab “Guliston neft bazasi” MCHJ tomonidan mahsulotni xaridorga yuklab joʻnatishda bajarilgan xizmatlar uchun tasdiqlangan tarifdan tashqari qoʻshimcha ravishda xaridordan har bir tonna mahsulotga 807 ming soʻmdan jami 39,0 mln soʻmlik toʻlovlar undirilgan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasining koʻrsatmasiga koʻra neft baza tomonidan mahsulotni yuklab joʻnatishda bajarilgan xizmatlar uchun qoʻshimcha ravishda asossiz undirilgan 39,0 mln soʻmlik toʻlovlarning xaridorlarga toʻliq qaytarilishi taʼminlandi.