Neft-gaz sohasida bozor mexanizmlari joriy etiladi

    Energetika 7 Fevral 2022 1665

    2022–2026-yillarga moʻljallangan Taraqqiyot strategiyasida neft-gaz sohasida transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish orqali tabiiy gaz taʼminotida ijtimoiy himoya kafolatlari belgilangan holda bozor mexanizmlarini joriy etish belgilangan.

    2022-yilgi davlat dasturiga asosan, tabiiy gaz taʼminoti tizimini isloh qilish va raqobat bozorini bosqichma-bosqich shakllantirish toʻgʻrisida prezident qarori loyihasi tayyorlanadi.

    Loyihada quyidagilar belgilanadi:
    1. “Oʻztransgaz” AJni faqat gazni transportirovka qilish bilan shugʻullanuvchi kompaniyaga aylantirish;

    2. “Oʻzbekneftgaz” AJning tashkiliy-huquqiy tuzilmasini dunyoning yetakchi neft-gaz kompaniyalari standartlariga muvofiqlashtirish, bunda jamiyat tasarrufidagi korxonalarda kooperatsiya va autsorsing xizmatlarini joriy etish;

    3. Oktyabr oyiga qadar “Hududgaztaʼminot” AJ faoliyati yoʻnalishlariga xususiy operatorlarni jalb qilish boʻyicha asosiy talablar belgilanadi. Bu talablar, xususan, suyultirilgan gazni aholiga yetkazib berish va tabiiy gazni isteʼmolchilarga yetkazib berish tizimlariga oid boʻladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.