Neft va gaz qazib olish hajmi oshadi

    Energetika 11 May 2022 1191

    2022-yilning birinchi choragida “ERIELL Group” neft-gaz xizmati “Sanoat Energetika Guruhi” buyurtmachi kompaniyasi obyektlarida quduqlarni joriy va qayta taʼmirlash boʻyicha rejalarini muddatidan oldin bajardi.

    SEG obyektlarida quduqlarni joriy va kapital taʼmirlash boʻyicha ish rejasi 175 %ga bajarildi. Ish “ERIELL Group” quduqlarini kapital taʼmirlash boʻlimi mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi.

    Yaʼni, ish rejaga asosan 64 ta quduqni qayta taʼmirlash kerak edi, lekin amalda yilning 3 oyi davomida 112 ta quduqda texnik va kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

    Bundan tashqari, birinchi chorakda rejaga asosan 22 ta quduqda taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi kerak edi, amalda 35 ta quduqda oʻralgan quvur agregatlari yordamida taʼmirlash ishlari amalga oshirildi, yaʼni 159 %ga bajarildi.

    Ishning bunday surʼatiga Quduqlarini kapital taʼmirlash boʻlimi shu jumladan, katta miqdordagi yuk koʻtarish birliklarini (PU) jalb qilish orqali yaʼni, — rejada 28 PU foydalanish nazarda tutilgan boʻlsa, fakt boʻyicha 39 ta yuk koʻtarish birligi jalb qilinganligi natijasida erishildi. Shuningdek, hisobot davrida SEG obyektlarida 3 dona oʻralgan quvur bloklari ishladi.

    Quduqlarni joriy va kapital taʼmirlash boʻyicha vaziyatni oʻz vaqtida tahlil qilish, quduqlarini kapital taʼmirlash boʻlimi mutaxassislarining tajribasi, agar zarur boʻlsa, qoʻshimcha uskunalarni, xususan, yuk koʻtaruvchi qurilmalarni jalb qilish – bularning barchasi “ERIELL Group” tomonidan shartnoma majburiyatlarini bajarilishini tezlashtirish uchun jalb qilingan.

    Koʻproq quduqlarni joriy va kapital taʼmirlashdan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun zarur boʻlgan tabiiy gaz va neft qazib olish hajmini oshirish va bularning barchasi mamlakat aholisi hayoti uchun yanada qulay sharoitlar yaratishdan iborat.

    “ERIELL Group” kompaniyasi 2020-2023-yillarga moʻljallangan “Asosiy vositalarni kapital taʼmirlash” dasturi doirasida “Sanoat Energetika Guruhi” (SEG) MCHJ XK obyektlarining bosh pudratchisi hisoblanadi. Loyiha Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari hamda Fargʻona vodiysi maydonlarini qamrab oladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.