Energetika vazirligi huzuridagi "O'zneftgazinspektsiya"ning xabar berishicha, O'zbekistondagi 2 000 dan ziyod benzin AYOQSHlarga kuniga o'rtacha 3 200 tonna benzin o'rniga 4000 tonnadan ziyod benzin yetkazib berilmoqda.
Gaz to'ldirish shoxobchalaridagi vaqtinchalik cheklovlar, avtobenzin narxini oshishiga olib kelmaydi.
Olib borilgan o'rganishlarda, 299 ta AYOQSHlarda narxni asossiz oshirganligi, mahsulot sifatini buzganligi sababli, ularga avtobenzin yetkazib berish to'xtatildi.
Bundan tashqari 15 mln litrga yaqin sifatsiz neft mahsulotlari aniqlandi.