Nega bankomat bank kartasini ushlab qoladi?

    Bankomat kartani qaytarmaganda odatda kerakli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan chekni chiqaradi.

    Bankomatning bank kartasini ushlab qolishining asosiy sabablari:

    — pin kod ketma-ket uch marta notoʻgʻri kiritilgan;
    — bank kartasi muddati tugagan (muddati oʻtgan) yoki bloklangan;
    — bank kartasi mexanik zarar koʻrgan (chip zararlangan);
    — operatsiya tugaganidan keyin bank kartasini bankomatning karta rideridan 10-20 soniya ichida qaytarib olmaslik;
    — bankomatning nosoz holatda boʻlishi.

    Bankomat kartani qaytarmaganda odatda kerakli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan chekni chiqaradi. Uni tashlab yubormang, ushbu chek bank kartangizni qaytarib olish uchun bankka murojaat qilganda foydali boʻlishi mumkin.

    Agar bankomat sizga bunday chek bermagan boʻlsa, qaygʻurishga hojat yoʻq, cheksiz ham bank kartangizni qaytarib olishingiz mumkin. Bu haqida Markaziy bankning moliyaviy savodxonlikni oshirish departamenti xabar bermoqda.