“Ilgari qoʻlida hech qanday tahlil (test) natijasi boʻlmagan bemorlarni Covid-statsionarlarda qabul qilmasdik, ularni oddiy shifoxonalarga yuborar edik. Lekin hozirgi strategiyamiz boʻyicha tahlil natijasi boʻlmasa ham, uni kutib oʻtirmasdan xuddi koronavirusga chalinganda qilinadigan davoni olib borish kerakligi haqida buyrugʻimiz bor.
Lekin ming afsus, uyida davolanishga harakat qilib, keyin ogʻir ahvolda olib kelingan bemorlar 1-2 kun yotib, keyin vafot etadigan boʻlsa va kelgan paytda qoʻlida tahlil (test) natijasi boʻlmasa, yaʼni klinikada tahlil olinib, tasdiqlanmagan boʻlsa, ular statistikada koronavirusdan oʻlgan deb hisoblanmaydi, pnevmoniya boʻlib hisoblanadi. Tahlil natijasi bilan tasdiqlanganlargina koronavirus statistikasiga tushadi. Balki shuning uchun ham tafovut boʻlishi mumkin”, - dedi Habibullo Oqilov.