Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Tibbiy va biologik muammolar instituti (IMBP) "Kosmik biologiya" ilmiy yo‘nalishi rahbari Vladimir Sichev RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Venera qanday sayyora? Venera yuzasida harorat taxminan 400 daraja. Uning 60 kilometr balandlikdagi atmosferasida esa harorat taxminan 40-60 darajani tashkil qiladi", dedi u.
Sichev avvalroq Venera sayyorasi atmosferasida hayot mavjudligiga dalil bo‘lishi mumkin bo‘lgan birikmalar topilgani haqida xabarlar bo‘lganini eslatdi. Biroq, olim bunday farazni juda bahsli deb atadi, deb xabar berdi ru.kabar.kg.