Nega Yaponiyani “Kunchiqar mamlakat” deb atashadi?

    Dunyodagi barcha mamlakatlar Yaponiyani ko'pincha “Kunchiqar mamlakat” deb ham atashadi. Nima uchunligini bilasizmi?

    Bu savolga eng keng tarqalgan javob ushbu mamlakatning geografik joylashuv o'rni bilan bog'liq. Ya'ni Yaponiya Sharqiy Osiyoning chekkasida joylashgani va quyosh chiqishini birinchilardan bo'lib qarshi olgani uchun shunday nom olgan.

    Bu fakt mazkur mamlakatning VIII asr boshidagi rasmiy nomida ham aks etgan. U ikki iyeroglif – 日本 shaklida yozilgan bo'lib, Nixon yokki Nippon deb talaffuz etiladi va “Quyosh manbai” ma'nosini anglatadi. G'arbda keyinchalik bu nazm uslubida “Kunchiqar mamlakat” deb yuritila boshlangan, deb xabar berdi vokrugsveta.ru.