Nemislar Surxondaryoda 500 mln dollarlik fotoelektr stansiya quradi

    Germaniyaning “Graess Energy Uzde” kompaniyasi bilan Jarqoʻrgʻon tumanida innovatsion fotoelektr stansiyasini barpo etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

    Surxondaryo viloyati hokimligi, Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi hamda Germaniyaning “Graess Energy Uzde” kompaniyasi oʻrtasida Jarqoʻrgʻon tumanida innovatsion fotoelektr stansiyasini barpo etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

    Maʼlum qilinishicha, qiymati 500 mln AQSH dollarni tashkil etuvchi ushbu innovatsion fotoelektr stansiyasi 600 MVt quvvatga ega boʻladi.