Nepal: aviahalokat oqibatida 18 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Nepal poytaxtida Saurya Airlines aviakompaniyasi samolyotining qulab tushishi oqibatida 18 kishi halok bo'ldi.

    Samolyot kapitani tirik qoldi va shifoxonada, dedi Tribxuvan xalqaro aeroporti matbuot kotibi Subash Ja Himalayan Times nashriga.

    “Samolyot bortida o'n to'qqiz kishi, jumladan, ekipaj a'zolari bo'lgan, Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, halokat joyidan 18 kishining jasadi topildi. Samolyot kapitani zudlik bilan shifoxonaga yetkazildi”, dedi u.

    Saurya Airlines aviakompaniyasi halokatga uchragan samolyotdagi yo'lovchilar ro'yxatini e'lon qildi, unga ko'ra, samolyotda faqat aviakompaniya xodimlari bo'lgan.

    Guvohlarning so'zlariga ko'ra, samolyot uchish-qo'nish yo'lagining janubiy chetidan havoga ko'tarilayotganda to'satdan ag'darilgan, qanot uchi yerga tegib ketgan, oqibatda samolyot yonib, uchish-qo'nish yo'lagidan sirg'alib ketgan.

    Katmanduda joylashgan Saurya Airlines Nepalning beshta yo'nalishi bo'ylab parvozlarni amalga oshiradi, deb xabar beradi ria.ru.