Nepal bilan birgalikda past haroratga bardoshli, yuqori hosilli sholi navlari yaratiladi

    Vazirlar Mahkamasining 02.07.2025-yildagi “Respublika aholisini guruch mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

    Aholini guruch bilan uzluksiz taʼminlash uchun:

    • Janubiy Koreyaning KOPIA markazi bilan hamkorlik loyihasi doirasida sholichilik sohasidagi xalqaro mutaxassislarni jalb qilish rejalashtirilgan;
    • sholi yetishtirishda qoʻllaniladigan zamonaviy resurs tejaydigan qishloq xoʻjaligi texnika va agregatlarini olib kelish va Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida sinovdan oʻtkazish taʼminlanadi;
    • 2025-2028-yillarda Jahon banki mablagʻlari hisobidan Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti va Filippindagi Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti (IRRI) oʻrtasidagi amaliy hamkorlik loyihasi doirasida markerli seleksiya usuli bilan sholining yangi suvni kam talab qiluvchi va yuqori hosilli navlari va duragaylarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi;
    • 2025-2027-yillarda Misr bilan birgalikda suv kam talab qiluvchi, yuqori haroratga chidamli, shuningdek Nepal bilan birgalikda past haroratga bardoshli, yuqori hosilli sholi navlari yaratiladi.

    Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 03.07.2025-yildan kuchga kirdi.