“Milliy favqulodda vaziyatni hisobga olib, konstitutsiyaviy siyosiy yechim va rezolyutsiya uchun keyingi sa'y-harakatlarni engillashtirish uchun men Bosh vazir lavozimidan iste'foga chiqishga qaror qildim. Qaror Konstitutsiyaning 77-moddasi 1-bandiga muvofiq darhol kuchga kiradi”, deya hukumat rahbarining mamlakat Prezidentiga yo'llagan maktubidan iqtibos keltiradi gazeta.
India Today xabariga ko'ra, hukumat vakillari harbiy vertolyotlarda faoliyatini to'xtatgan Katmandu xalqaro aeroportiga evakuatsiya qilinmoqda. Operatsiyada kamida beshta vertolyot ishtirok etyapti. Aeroportda kamida 300 nafar harbiy xizmatchi faoliyat yuritmoqda. Rasmiylar Nepal armiyasi nazorati ostidagi xavfsiz joylarga olib ketilayotgani xabar qilinyapti.
Hukumat a'zolarini evakuatsiya qilish to'g'risidagi qaror mamlakat siyosatchilarining bir necha qarorgohi buzib tashlangan va yoqib yuborilganidan keyin qabul qilingan.
The Himalayan Times gazetasining yozishicha, namoyishchilar allaqachon Nepal parlamenti binosiga bostirib kirgan. Ular to'siqni yorib o'tib, qonunchilik binosiga kirishdi.
Nepalda hukumatning ijtimoiy tarmoqlardagi taqiqni bekor qilish haqidagi e'loniga qaramay, ikki kundan beri namoyishlar davom etmoqda. O'tgan hafta Nepal hukumati ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarni bloklashni buyurdi. Qarorga internet-resurs egalari belgilangan muddatda rasmiy ro'yxatdan o'tish uchun ariza bermagani sabab bo'lgan. Taqiqdan so'ng 8-sentabr kuni yirik shaharlarni bo'lib o'tgan ommaviy norozilik namoyishlari qamrab oldi. The Himalayan Times gazetasining yozishicha, politsiya bilan to'qnashuvlar oqibatida 19 kishi halok bo'lgan, 500 dan ortiq kishi jarohatlangan. 9-sentabr kuni Nepal hukumati norozilik namoyishlari ortidan ijtimoiy tarmoqlardagi taqiqni bekor qildi, deb xabar berdi belta.by.









