Nepal: ikkita avtobus daryoga tushib ketdi, kamida 55 nafar yo'lovchi bedarak yo'qoldi

    Nepalda 12-iyul kuni ikkita yo'lovchi avtobusi daryoga tushib ketishi oqibatida kamida 55 kishi bedarak yo'qoldi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar berdi.

    Qutqaruv operatsiyasi to'rt kundan beri davom etmoqda. “Tirik qolganlarni topish imkoniyati yo'q. Bizning diqqatimiz jasadlarni topishga qaratilgan”, dedi Chitvan okrugi politsiyasi vakili Bxesh Raj Rijal jurnalistlarga.

    Uning so'zlariga ko'ra, operatsiyaga barcha mavjud resurslar, jumladan, akvalanglar jalb qilindi. Hozirgacha 11 qurbonning jasadi topildi.

    12-iyul kuni ertalab Narayangxat-Mugling avtomobil yo'li bo'ylab harakatlangan ikkita yo'lovchi avtobusini yomg'ir tufayli Trishuli daryosining toshib chiqishi oqibatida yuz bergan ko'chki olib ketdi. Fojia Katmandudan taxminan 80 kilometr uzoqlikda yuz berdi. Avtobuslarda kamida 65 kishi bo'lgan, deb xabar beradi tass.ru.