Nepal: ko'chki, chaqmoq, suv toshqini oqibatida 28 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Nepalda so'nggi 16 kun ichida musson yomg'iri va momaqaldiroq tufayli yuzaga kelgan ko'chki, chaqmoq va toshqinlar oqibatida kamida 28 kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda Himalayan Times gazetasi xabar berdi.

    Nashr ma'lumotlariga ko'ra, tabiiy ofat mamlakatning 77 ta tumanidan 33 tasiga zarar yetkazdi, ko'chkilar oqibatida 14 kishi, yashin urishi tufayli 13 kishi hayotdan ko'z yumdi, 1 kishi suv toshqini oqibatida cho'kib ketdi, 24 kishi jabrlandi.

    Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo'yicha milliy boshqarma vakili Dijan Bxattaraining nashrga ma'lum qilishicha, eng ko'p qurbonlar 25 va 26-iyun kunlari qayd etilgan, o'shanda 9 kishi yashin urishi va yana 9 kishi ko'chkidan halok bo'lgan.

    Nepalda 10-iyun kuni kuchli musson yomg'iri yog'a boshladi. Bu davrda tabiiy ofatlar bilan bog'liq jami 147 ta hodisa qayd etildi, deb xabar beradi report.az.